2018-yilning ikkinchi yarim yilligidan boshlab Tojikiston O‘zbekistonga elektr energiyasi eksporti hajmini qariyb to‘rt barobar oshirdi, deb xabar bermoqda Asia-Plus.
Chunonchi, joriy yilning iyulida qo‘shni mamlakatdan 417 million kilovatt-soat elektr energiyasi yetkazib berilgan. Bungacha O‘zbekistonga har oyda 110—120 million kilovatt-soat eksport qilinardi.
Tojikiston O‘zbekistonga elektr toki yetkazib berishni shu yilning aprelida to‘qqiz yillik tanaffusdan keyin qayta tikladi.
Yil oxirigacha Tojikistondan kamida 1,5 milliard kilovatt-soat elektr energiyasi eksport qilinishi kutilmoqda.
Ikki mamlakat elektroenergetika kompaniyalari o‘rtasida erishilgan kelishuvlarga ko‘ra, yozgi davrda O‘zbekiston Tojikiston elektr energiyasini bir kilovatti uchun ikki sent, qishda — 2,5 sent narxda sotib oladi.
Izoh (0)