O‘zbekistonning Fransiyadagi elchisi etib tayinlangan Sardor Rustamboyev Fransiya prezidenti Emmanuel Makronga ishonch yorliqlarini topshirdi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi “Daryo”ga ma’lum qildi.
Fransiya rahbari O‘zbekiston Prezidenti va xalqini yana bir bora O‘zbekiston mustaqilligining 27 yilligi bilan qutladi.
Emmanuel Makron O‘zbekiston-Fransiya aloqalarining hozirgi holati va ularni yanada rivojlantirish istiqbollarini ijobiy baholadi hamda respublika rahbariga ikki tomonlama hamkorlikni mustahkamlashga qo‘shgan ahamiyatli hissasi uchun shaxsiy minnatdorchiligini izhor etdi.
Shu bilan birga, u O‘zbekiston Prezidentining Parijga bo‘lg‘usi tashrifi nafaqat ikki tomonlama hamkorlikni kuchaytirish va kengaytirish masalalarini, balki dolzarb xalqaro va mintaqaviy mavzularni ham muhokama qilish imkonini berishini ta’kidladi.
Izoh (0)