Muayyan yashash joyiga ega bo‘lmagan shaxslarni reabilitatsiya etish markaziga joylashtirilgan 5 nafar shaxsga fuqarolik pasporti rasmiylashtirildi. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar berdi.
Xorazm viloyati IIB PPX va JTSB ga qarashli markaz xodimlari, muqim yashash joyiga ega bo‘lmaganligi uchun yaqinda markazga keltirilgan 5 nafar fuqarolarni sog‘lom turmush tarziga moslashtirish borasida bir qator maqsadli va manzilli chora-tadbirlarni amalga oshirmoqdalar.
Mustaqillikning 27 yilligi nishonlandi va markazda saqlanayotgan shaxslar uchun bayram dasturxoni yozilib, osh tortildi.
Shundan keyin markazda saqlanayotgan 5 nafar shaxsga fuqarolik (biometrik) pasportlari tantanali topshirildi.
Bundan tashqari ushbu shaxslarga homiylar tomonidan ajratilgan yangi kiyim-boshlar bayram tuhfasi tariqasida tortiq qilindi.
Endilikda ushbu shaxslarni uy-joy bilan ta’minlash maqsadida mahalliy hokimliklar bilan hamkorlikda chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Izoh (0)