Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Donetskda o‘ldirilgan xalq respublikasi rahbari Aleksandr Zaxarchenko bilan vidolashgani 120 mingdan ortiq kishi keldi. Bu haqda mahalliy ma’muriyat vakili ma’lum qildi, deya xabar berdi “RIA Novosti”.

Foto: “RIA Novosti”

Foto: “RIA Novosti”

“Hozirgi paytga kelib faqat dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra 120 mingdan ortiq kishi”, — dedi u.

Vidolashuv marosimi bo‘lib o‘tayotgan Donetsk opera va balet teatri atrofidagi maydon odamlar bilan deyarli to‘lgan. Asosiy kirish joyiga uch yo‘nalishda kelayotganlar navbati kuzatilmoqda.

Kishilar nafaqat bu yerga, balki Zaxarchenko portlatilgan va teatr bilan bir dahada joylashgan “Separ” qahvaxonasiga ham gullar olib kelmoqda.

Marosimda respublika rahbari vazifasini bajaruvchi Dmitriy Trapeznikov, mudofaa vaziri Vladimir Kononov va boshqa davlatlar, xususan, Rossiyadan kelgan mehmonlar ishtirok etmoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Sport
Bundesliga. “Bavariya” safarda g‘alaba qozondi va Germaniya chempioniga aylandi, “Borussiya D” o‘z maydonida “Mayns”ni yenga olmadi 
Dunyo
Yuk mashinasidan chiqqan natsistlar bayrog‘i, Buddaning tug‘ilgan kuniga atalgan ajdaho, model bo‘lgan chixuaxua — hafta suratlari
Salomatlik
Salomatlik bilan bog‘liq muammolar keltirib chiqaradigan 6 ta kundalik odat