O‘zbekiston Bosh prokuraturasi huzuridagi departament xodimlari Qashqadaryo viloyatida maxfiy totalizator tashkil qilgan shaxsni qo‘lga oldi, deb yozadi “Podrobno.uz”.
Fuqaro A. futbol o‘yinlariga tikilgan pullarni qabul qilib, maxfiy totalizator tashkil qilgan. Erkak o‘ziga g‘oliblar yutug‘ining 10 foizini olib qolgan. Shu bilan birga, u yoshlarni bu noqonuniy o‘yin biznesiga faollik bilan jalb qilgan.
Yoshlardan biri totalizatorda pul tikishga jiddiy berilib ketgan. Oxir-oqibat, A. aldov yo‘li bilan uning 12 ming dollar pulini yutib olgan. Shundan keyin yigit yana pul tikishda davom etib, 9,6 ming dollar yutgan, biroq A. unga bu pulni berishdan bosh tortgan, ustiga-ustak undan tahdid va tovlamachilik yo‘li bilan pul talab qilgan.
Prokuratura xodimlari olib borgan tezkor tadbirlar chog‘ida jinoyatchi yigitdan 1,5 ming dollar olayotgan vaqtda jinoyat ustida qo‘lga olindi.
Ushbu holat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Izoh (0)