• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12653.48
    • RUB159.75
    • EUR14871.64
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +40°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Emomali Rahmon Shavkat Mirziyoyevni O‘zbekiston mustaqilligining 27 yilligi bilan qutladi

    O‘zbekiston mustaqilligining 27 yilligi munosabati bilan Prezident Shavkat Mirziyoyev nomiga xorijiy davlatlar va hukumatlar rahbarlaridan samimiy qutlovlar kelmoqda. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

    Xususan, Tojikiston prezidenti Emomali Rahmondan quyidagi mazmunda tabriknoma keldi:

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

    Shavkat Mirziyoyev Janobi Oliylariga

    Qadrli Shavkat Miromonovich!

    Tojikiston xalqi nomidan va shaxsan o‘z nomimdan Sizni va Siz orqali butun qardosh O‘zbekiston xalqini O‘zbekiston Respublikasining milliy bayrami – Mustaqillik kuni munosabati bilan chin yurakdan muborakbod etish va eng ezgu tilaklarimni bildirish menga katta mamnuniyat bag‘ishlaydi.

    Siz uzoqni ko‘zlab yuritayotgan siyosat hamda mamlakat hayotining iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy sohalaridagi muhim yangilanishlar bugun o‘z samaralarini berib, O‘zbekistonning jahon hamjamiyatidagi obro‘sini muttasil yuksaltirmoqda.

    Ushbu muvaffaqiyatlar yaqin qo‘shni sifatida O‘zbekiston bilan ko‘plab do‘stlik rishtalari orqali bog‘langan Tojikistonni ham quvontirmoqda.

    Xalqlarimizni madaniy-ma’naviy yaqinlik, o‘zaro manfaatlarni hurmat qilish, tinch va totuv yashashga intilish, ko‘p asrlik do‘stlik va yaxshi qo‘shnichilikka asoslangan bebaho tajriba bog‘lab turadi.

    O‘zbekiston bilan munosabatlar Tojikiston tashqi siyosatining asosiy ustuvor yo‘nalishi bo‘lib kelgan va shunday bo‘lib qoladi.

    Biz Tojikiston bilan O‘zbekiston o‘rtasidagi ko‘p qirrali sheriklikning ezgu va konstruktiv muhitidan, shuningdek, hamkorligimiz xalqlarimiz va butun mintaqaning tub manfaatlari yo‘lida izchil rivojlanib borayotganidan g‘oyat mamnunmiz.

    Biz, hurmatli Shavkat Miromonovich, Sizning bu yo‘ldagi shaxsiy hissangizni yuksak qadrlaymiz.

    Yaqinda go‘zal mamlakatingizga davlat tashrifi davomida Siz bilan bo‘lib o‘tgan samarali uchrashuvlarimizni, tarixiy hujjat – Strategik sheriklik to‘g‘risidagi shartnoma imzolaganimizni alohida mamnuniyat bilan yodga olaman.

    Ishonchim komil, ushbu tashrif doirasida imzolangan hujjatlar, shuningdek, iqtisodiyotning strategik tarmoqlarida qator keng miqyosli qo‘shma loyihalarni amalga oshirishga qaratilgan kelishuvlarning ro‘yobga chiqishi mamlakatlarimizning uzoq muddatli istiqbolga mo‘ljallangan samarali hamkorligiga yangi va kuchli sur’at bag‘ishlaydi.

    Fursatdan foydalanib, bundan buyon ham Siz bilan birgalikda mamlakatlarimiz o‘rtasidagi azaliy do‘stlik an’analari va o‘zaro manfaatli hamkorlikni yangi bosqichda rivojlantirishga barcha kuchlarni yo‘naltirishga tayyor ekanimni bildiraman.

    Birgalikdagi sa’y-harakatlarimiz tufayli mamlakatlarimiz o‘rtasidagi munosabatlar bundan buyon ham Tojikiston va O‘zbekiston xalqlari farovonligi yo‘lida yanada mustahkamlanib borishiga ishonaman.

    Ushbu qutlug‘ bayram kunlarida Sizga, muhtaram Shavkat Miromonovich, mustahkam sog‘lik, mamlakat ravnaqi yo‘lidagi rejalaringiz va intilishlaringiz ro‘yobida katta zafarlar, qardosh O‘zbekiston xalqiga esa tinchlik, baxt-saodat va farovonlik tilashga ijozat bergaysiz.

    Hurmat bilan,
     
    Emomali RAHMON,
     
    Tojikiston Respublikasi Prezidenti
     
    ***
    Shuningdek, quyidagilar o‘z tabriklarini yo‘llagan:

    Singapur Respublikasi Prezidenti Halima Yoqub

    Birlashgan Arab Amirliklari Prezidenti shayx Xalifa bin Zoid Ol Nahayon

    Birlashgan Arab Amirliklari Qurolli Kuchlari Oliy bosh Qo‘mondoni o‘rinbosari shayx Muhammad bin Zoid Ol Nahayon

    Birlashgan Arab Amirliklari Bosh vazirining o‘rinbosari, ichki ishlar vaziri shayx Sayf bin Zoid Ol Nahayon

    Falastin Davlati Prezidenti, Falastin Ozodlik tashkiloti Ijroiya qo‘mitasi raisi Mahmud Abbos

    Qutlovlar kelishi davom etmoqda.

    30.08.2018, 12:35   Izoh (0)   8125
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonda 81 ta Respublika komissiyasi va ishchi guruhi tugatiladi

    30.08.2018, 12:20

    Abdulla Aripov, Abdulaziz Komilov, Zokirjon Almatov, Ismoil Jo‘rabekov va boshqalar Tojikistonning yuksak mukofotlari bilan taqdirlandi

    30.08.2018, 12:05

    Milliy gvardiyaga kontrakt asosida xizmatga qabul qilish tartibi belgilandi

    30.08.2018, 11:50

    Toshkentda 131-yo‘nalishdagi Mersedes Benz avtobusi yoqilg‘i tizimidagi nosozlik sabab yonib ketdi

    30.08.2018, 11:44

    “Jizzax” EIZda Xitoy kompaniyasi shisha zavodini qurmoqda

    30.08.2018, 11:35

    Shuhrat Yovqochev O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori etib tayinlandi

    30.08.2018, 11:20
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “O‘zbekinvest” sug‘urta kompaniyasi 2025-yilning I yarim yilligi yakunlarini eʼlon qildi


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 


    OKMKda yangi sulfat kislota sexi qurilmoqda


    “Biznesni rivojlantirish banki” 2025 yilda 138 mingdan ortiq fuqaro bandligini ta’minladi


    Visa Kapitalbank bilan Xitoyga: WeChat Pay va Alipay orqali naqd pulsiz to‘lovlar – erkin, oson va xavfsiz


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    Sug‘urta sohasidagi uzoq kutilgan islohotlar: manfaatlar qonun himoyasida 


    “Euromoney” talqinida “O‘zsanoatqurilishbank” O‘zbekistonning eng yaxshi banki deb e’tirof etildi


    Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan yirik ko‘chmas mulk auksionga qo‘yildi


    O‘zbekistonda tibbiy sug‘urta nima uchun zarur: shifokor qarashi va Neo Insurance tajribasi


    Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi magistratura dasturlariga qabul jarayonlari davom etayotganini ma’lum qiladi


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    Vaqt sinovidan o‘tgan tarmoq: 33-yillik faoliyat, 12 million foydalanuvchi tanlovi va mobil aloqaning yangi arxitekturasi


    Yandex Music’da jazirama kayfiyat uchun maxsus “Chilla” bo‘limi paydo bo‘ldi

     

    Tavsiya etamiz

    Audio Icon

    Andijoncha hotamtoylik: “Dunyo sadolari”ga sarflanayotgan milliardlar va shubhali shartnomalar

    24 iyul, 21:25

    “Rossiya allaqachon katta og‘alik maqomini yo‘qotib bo‘ldi”. Ukraina urushi postsovet hududida nimalarni o‘zgartirdi?

    24 iyul, 15:15

    Nildan Frot daryosigacha: maxfiylikdan tobora reallikka aylanib borayotgan “Katta Isroil” konsepsiyasi

    22 iyul, 12:22

    KGB soxtalashtirgan jinoyat – SSSR parchalanishi arafasida o‘lim jazosi berilgan qariya kim edi?

    21 iyul, 21:06
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Kimgadir shu kerak ekan”. Toshkentdagi ko‘p yillik archalar yong‘ini uyushtirilganmidi? (reportaj)

    O‘zbekiston | 26 iyul, 17:41

    Yuqori harorat ish qobiliyatiga qanday ta’sir qiladi? Kardiolog javob berdi

    Karyera | 26 iyul, 17:35

    Toshkentdagi avtohalokatda 20 yoshli yigit vafot etdi

    O‘zbekiston | 26 iyul, 17:29

    Arman Sarukyan Iliya Topuriyani jangga chorladi

    Sport | 26 iyul, 17:25

    Muxlislarga syurpriz: mashhur obrazlarini filmlarda qayta gavdalantirgan aktyorlar

    Kino | 26 iyul, 16:47

    NASA xodimlarining soni 21 foizga qisqaradi

    Dunyo | 26 iyul, 16:15

    “Al-Hilol” Aleksandr Isak uchun “rad etib bo‘lmas” taklif jo‘natdi

    Sport | 26 iyul, 16:10
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.