Butun dunyo bo‘ylab 30-avgust kuni Gmail pochta xizmati ishida muammolar qayd etildi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar berdi.
Ta’kidlanishicha, xizmat ishidagi uzilish Toshkent vaqti bilan 19:40 da eng yuqori nuqtaga chiqqan.
Serverga ulana olmagan foydalanuvchilar 46 foizni, avtorizatsiyadan o‘ta olmaganlar esa 32 foizni tashkil qilgan, shuningdek, foydalanuvchilarning 21 foizi xabar jo‘natish va qabul qilish bo‘yicha uzilishdan shikoyat qilgan.
Izoh (0)