AQShning San-Diyego shahrida yashovchi Napoleon Pataksil Google kompaniyasini Android va iOS foydalanuvchilari harakatini kuzatganlikda ayblab, sudga berdi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar qildi.
Da’vogarning aybloviga ko‘ra, kompaniya foydalanuvchilarni agar ular o‘zlari bo‘lgan joylar tarixini o‘chirib qo‘ysa, ularni kuzata olmasligiga yolg‘ondan ishontiradi.
Da’voda aytilishicha, Google foydalanuvchilarning shaxsiylik prinsipini buzmoqda, chunki bu funksiya o‘chirib qo‘yilganda ham kompaniya ularning harakatini kuzatishda davom etadi.
Izoh (0)