O‘zbekistonda 31-avgustdan Mustaqillik bayrami munosabati bilan e’lon qilingan 5 kunlik dam olish kunlari boshlanadi. Bu haqda huquqshunos, bloger Xushnudbek Xudoyberdiyevning Telegram’dagi kanalida ma’lum qilindi.
“Ertaga dam olish kuni. 5 kunliklar uchun ketma-ket 5 kun, 6 kunliklar uchun ketma-ket 3 kun dam olish kunlari boshlanadi”, — deyiladi xabarda.
Haftasiga 5 kun ishlovchi xodimlarga quyidagi kunlar dam olish kuni hisoblanadi (5 kun ketma-ket):
- 31 avgust – qo‘shimcha dam olish kuni;
- 1-sentabr – Mustaqillik bayrami;
- 2-sentabr – yakshanba;
- 3-sentabr – ko‘chirilgan dam olish kuni;
- 4-sentabr – ko‘chirilgan dam olish kuni.
Haftasiga 6 kun ishlovchi xodimlarga quyidagi kunlar dam olish kuni hisoblanadi (3 kun ketma-ket):
- 31-avgust – qo‘shimcha dam olish kuni;
- 1-sentabr – Mustaqillik bayrami;
- 2-sentabr – yakshanba.
Izoh (0)