Surxondaryo viloyatining Boysun tumanida 24-avgust kuni Qiziriq tumanida yashovchi B.Yu.ga tegishli KamAZ-5410 ishtirokida 3 kishining oʻlimiga sabab boʻlgan YTH sodir boʻldi. Bu haqda IIV jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.
Yuk avtomashinasi Boysun tumani hududidagi balandlikda turgan vaqtda toʻsatdan yurib ketib, shu yerda boʻlgan O.E., J.S., M.Oʻ., N.A. va E.E.ni bosib ketdi.
Hodisa oqibatida ulardan 3 nafari voqea joyida halok boʻldi. Yana ikki kishi tan jarohatlari bilan kasalxonaga yotqizildi.
Izoh (0)