Oʻzbekiston IIV xodimlari uchun yangi forma joriy etish yuzasidan takliflar tayyorlaydi. Bu Prezident Shavkat Mirziyoyevning tegishli qarorida koʻzda tutilgan, deya xabar beradi Sputnik.
Vazirlikka joriy yil 20-sentabrga qadar barcha takliflarni shakllantirish topshirilgan.
Gʻoyalarni ishlab chiqish chogʻida vazirlik xalqaro standartlar va mamlakat aholisi oʻrtasida huquq-tartibot organining ijobiy qiyofasini shakllantirish zaruratini hisobga oladi.
Izoh (0)