Indoneziyada davom etayotgan Osiyo o‘yinlarining boks bo‘yicha musobaqalarida yana bir o‘zbekistonlik bokschi keyingi bosqichga yo‘l oldi.
-56 kg vaznda ringga chiqqan Miraziz Mirzahalilov iordaniyalik Alvadi Muhammadni yaqqol ustunlik bilan (5:0) mag‘lub etib, chorak final yo‘llanmasiga ega chiqdi.
Uning navbatdagi raqibi mo‘g‘ulistonlik Xarku Ankamar bo‘ladi. Mazkur jang 29-avgust kuni bo‘lib o‘tadi.
Izoh (0)