Samarqand shahrida 24-avgust kuni ikki Matiz avtomobillari ishtirokida yoʻl-transport hodisasi yuz berdi. Bu haqda Oʻzbekiston IIV xabar bermoqda.
Pastdargʻom tumanida yashovchi B.B. Matiz mashinasini Spitamen va Rumiy koʻchalari kesishgan chorrahada haydab ketayotib, qarshisidan harakatlanib chap tomonga burilayotgan I.Sh. boshqaruvidagi Matizʻga yoʻl bermay oʻz harakatini davom ettirgan va avariya yuz bergan.
“Natijada I.Sh. boshqaruvidagi Matiz yoʻlovchisi — S.Sh. ismli ayol jarohat olib, kasalxonaga yotqizilgan. Surishtiruv ishlari olib borilmoqda”, — deyiladi IIV axborotida.
Izoh (0)