Tergovchilar Kotelniki shahrida o‘zbekistonlik quruvchilar ommaviy zaharlangani yuzasidan tekshiruvni boshladi. Bu haqda Rossiya Tergov qo‘mitasining Moskva viloyati boshqarmasi ma’lum qildi, deya xabar beradi Sputnik.
“Hozirda tergovchilar yuz bergan hodisaning barcha tafsilotlarini aniqlashga qaratilgan tekshiruv tadbirlari kompleksini o‘tkazmoqda”, — deyiladi boshqarma xabarida.
Ma’lumotlarga ko‘ra, o‘zbekistonlik quruvchilar Moskva viloyatida “Oranj Park” turar joy kompleksini barpo etish ishlariga yollangan.
Eslatib o‘tamiz, hodisa oqibatida 26 kishi jabrlandi. Ulardan 23 nafari kasalxonaga yotqizildi, bir kishi hayotdan ko‘z yumdi.
Izoh (0)