O‘zbekistondagi umumta’lim maktablarida yangi o‘quv yili 5-sentabrdan boshlanadi. Bu haqda Xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov ma’lum qildi.
Vazirga ko‘ra, Prezident farmoniga binoan Mustaqillik bayrami munosabati bilan O‘zbekiston aholisiga 31-avgustdan 4-sentabrgacha dam olish kunlari etib belgilangan. Maktab o‘qituvchilari ham ushbu dam olish imkoniyatidan to‘laqonli foydalanishi uchun yangi o‘quv yili 5-sentabrdan boshlanadi.
“Bu borada ichki turizm imkoniyatlaridan oilaviy foydalanishni reja qilgan, lekin farzandi o‘qishga chiqishi munosabati bilan ikkilanib turgan ota-onalarga ham qo‘shimcha imkoniyat yaratildi”, deya izoh qoldirgan Sherzod Shermatov Facebook’dagi sahifasida.
Izoh (0)