Shavkat Mirziyoyev Hindiston prezidenti Ram Natx Kovind va bosh vazir Narendra Modiga maktub yo‘lladi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati ma’lum qildi.
Davlat rahbari Kerala shtatida ro‘y bergan suv toshqini va ko‘chkilar oqibatida ko‘plab insonlar halok bo‘lgani munosabati bilan Hindiston xalqiga hamdardlik bildirdi.
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, mahalliy rasmiylar oxirgi 100 yil davomida eng talofatli deb atayotgan toshqinlar oqibatida 400 ga yaqin kishi halok bo‘ldi.
Izoh (0)