Misrlik tadqiqotchilar Aleksandriyadan topilgan qora granit sarkofag (qadimgi tosh tobut)dagi uch murdaning jinsi va yoshini aniqladi, deb yozadi “NTV.ru”.
Jasadlar ikki erkak va bir ayolga tegishli bo‘lib, ayol 20—25 yoshda vafot etgan, uning bo‘yi 160—164 sm bo‘lgan, erkaklar 35—39 va 40—44 yoshda, ularning bo‘yi tegishli ravishda 160—165 sm va 179—184 sm ga teng.
Tadqiqotchilarning fikricha, bu odamlar ikkita bosqichda dafn qilingan. Bundan tashqari, erkaklardan birining bosh suyagida teshikcha aniqlangan, bu u tirikligida bosh suyak trepanatsiyasi (kasal joyni aniqlash maqsadida bosh suyakni parmalash)ni boshdan kechirganini anglatadi.
Endi esa olimlar sarkofagdagi jasadlarning bir-biriga qarindoshlik jihatini aniqlab, uning tubidan topilgan qizg‘ish suyuqlikni tahlil qilmoqchi.
Izoh (0)