Dunyodagi eng kambag‘al prezident deb atashadigan Urugvay sobiq prezidenti Xose Muxika senator nafaqasidan voz kechdi, deb yozadi The Telegraph.
Muxika 2010—2015-yillarda Urugvay prezidenti bo‘lgan, shundan so‘ng mamlakat Senatiga saylangan. Avgustda u o‘z vakolatlarini tugatishi haqida ariza yozgan, aslida esa ularning muddati 2020-yilda tugashi kerak edi. Sobiq prezident “uzoq yo‘l yurib charchagani”ni aytdi.
Tanqidchilar fikricha, u yana prezident lavozimiga nomzodini qo‘yish uchun senator lavozimidan ketgan — Urugvayda davlat rahbari saylovlari 2019-yilda bo‘lib o‘tadi.
83 yoshli Muxika 14 yil umrini qamoqda o‘tkazgan. U Montevideo tashqarisida, xizmatkorlari va vodoprovodi bo‘lmagan uyda yashaydi. Prezidentlik davrida prezident saroyida yashashdan bosh tortgan, ustiga-ustak, maoshining katta qismini xayriyaga sarflagan. Davlat rahbari lavozimini egallab turgan vaqtida uning mulki 1987-yilgi Volswagen Beetle’dan iborat bo‘lgan, xolos.
Izoh (0)