Rossiya prezidenti Vladimir Putinning Germaniya kansleri Angela Merkel bilan muzokaralari yakunlandi, deb yozadi “RIA Novosti”. Mezeberg qasridagi uchrashuv uch soat davom etdi.
Germaniya va Rossiya yetakchilarining muzokaralari Toshkent vaqti bilan 18-avgust kuni 22:00 da boshlanib, 19-avgust 01:00 da tugagan. Tomonlar hamkorlikni, Suriya, Eron va Ukrainadagi vaziyatni muhokama qilgan.
Vladimir Putin Berlinga Avstriyadan yetib keldi, u yerda Rossiya prezidenti Avstriya tashqi ishlar vaziri Karin Knayslning to‘yida mehmon bo‘ldi. Safar shaxsiy xususiyatga ega bo‘ldi, ammo Knaysl Putinga ishchi uchrashuvini o‘tkazishni taklif qildi.
Muzokaralar oldidan Merkel va Putin “Shimoliy oqim-2” gaz quvuri qurilishi va ushbu loyiha amalga oshganidan keyin Ukrainaning taqdiri haqida matbuot uchun bayonot berdi.
Izoh (0)