O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining yigirma yetti yilligi hamda Qurbon hayiti bayrami munosabati bilan tashkil qilingan umumxalq hasharida Mudofaa vazirligi harbiy xizmatchilari faol ishtirok etmoqda.
Xususan, Baxmal, Shahrisabz, Kitob, Farg‘ona, Andijon, Buxoro hamda Jizzax tumanlaridagi qadimiy qadamjolar, 20 dan ortiq qabristonlarda obodonlashtirish ishlari bajarildi. Mehribonlik uylarida tarbiyalanayotgan bolajonlar holidan xabar olindi, bayram munosabati bilan ularga sovg‘a-salomlar ulashildi. Qariyalar uyidagi insonlar bilan dildan suhbatlar uyushtirildi.
Qabristonlar ichidan joy olgan minglab daraxtlar va o‘nlab kilometr yo‘l chetlari oqlandi. Ariqlar tozalanib, suvning oqishiga xalaqit berayotgan chiqindilar olib chiqildi. Imom-xatiblar boshchiligida o‘lganlar haqqiga duolar o‘qildi.
Umumxalq hasharining ikkinchi kuniga rejalar belgilab olindi.
Izoh (0)