Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon 17—18-avgust kunlari davlat tashrifi bilan O‘zbekistonda bo‘ladi. Bu haqda, “Narodnoye slovo” gazetasiga asoslanib, “Gazeta.uz” xabar bermoqda.
Tojikiston prezidenti so‘nggi bor bundan 17 yil avval O‘zbekistonga davlat tashrifi bilan kelgan.
Qayd etish joiz, 2018-yilning 9—10-mart kunlari O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tarixiy davlat tashrifi bilan Tojikistonda bo‘lgan edi.
Emomali Rahmon 17—18 avgust kunlari O‘zbekistonga tashrif buyurishi haqida avvalroq Tojikiston matbuoti yozgan edi.
Izoh (0)