Qashqadaryo viloyatining Koson tumanida yashovchi fuqaroning uyida 26-iyun kuni soat 11:00 dan 21:30 gacha bo‘lgan oraliqda o‘g‘rilik yuz bergan — noma’lum shaxs xonadonga devor oshish yo‘li bilan kirib, pullar va zargarlik buyumlarini o‘g‘irlab ketgan.
O‘zbekiston IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi tomonidan 11-avgust kuni tarqatilgan axborotga ko‘ra, bu o‘g‘rilik Koson tumanida yoshovchi 39 yoshli ayol, uning ukasi va 8-sinfda bir o‘quvchi tomonidan sodir etgani aniqlangan.
IIV axborotida qayd etilishicha, gumonlanuvchiga ushlangan. Voqeaning boshqa tafsilotlari ma’lum qilinmagan.
Izoh (0)