O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari Aziz Abduhakimov mamlakat oliy ta’lim muassasalarida o‘tkazilgan test sinovlarining o‘ninchi kuni natijalari haqida axborot berdi.
10-avgust kuni test imtihonlari 54 ta binoda 18 ta oliy ta’lim muassasalarining 84 ta ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha o‘tkazilgan. Unda 48 614 nafar abituriyent ishtirok etgan, turli sabablarga ko‘ra 1 571 nafar abituriyent test sinovlariga kelmadi. Ayni vaqtda, test sinovlari tartib qoidalarini buzganligi sababli 91 nafar abituriyent chetlatilgan.
10-avgust kuni davlat granti bo‘yicha ham, to‘lov-kontrakt bo‘yicha ham eng yuqori o‘tish bali Urganch davlat universitetining “Filologiya va tillarni o‘qitish: ingliz tili” ta’lim yo‘nalishida qayd etilgan — davlat granti uchun 171,1 ball, to‘lov-kontrakt uchun 145,6 ball.
O‘z navbatida, 10-avgustdagi imtihonlar natijalari bo‘yicha respublika bo‘yicha davlat grantiga o‘tishning o‘rtacha bali 104,5 ballni, to‘lov-kontraktga o‘tishning o‘rtacha bali esa 84 ballni tashkil etgan.
10-avgustdagi test sinovlari javoblarini 11-avgust kuni soat 17:30 dan boshlab tekshirish mumkin bo‘ldi.
Izoh (0)