Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkentning Yunusobod tumanidagi Aurum 898 tungi klubda tashrifchi va qo‘riqchilar o‘rtasida yuz bergan mushtlashuv videoyozuvi tarqaldi, deya xabar bermoqda “Gazeta.uz”.
Bosh prokuratura axborotiga ko‘ra, voqea 8-avgust kuni 23:45 atrofida yuz bergan. Mushtlashuv oqibatida erkin kurashchi Jamshid Kenjayev vafot etgan. Hodisa yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan, tungi klubning to‘rt nafar qo‘riqchisi ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olingan.
Izoh (0)