8-avgust, chorshanba kuni Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bolalar jamg‘armasi (UNICEF) Mahalliy ta’lim guruhining (MTG) Xalq ta’limi vazirligi bilan hamkorlikdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda UNICEF’ning O‘zbekistondagi vakolatxonasi matbuot xizmati “Daryo”ga xabar bermoqda.
Mahalliy ta’lim guruhi ta’lim vazirliklari va xalqaro rivojlanish tashkilotlari vakillaridan iborat. Uchrashuvda 2018—2022-yillarga mo‘ljallangan ta’lim sohasi bo‘yicha ikkinchi rejaning strategik yo‘nalishlari va dasturlarini ishlab chiqish masalasi muhokama qilindi.
2012—2017-yillarga mo‘ljallangan dastur uchun 49 million dollarlik global hamkorlik granti ajratilgan.
— Hozirgi vaqtda asosiy vazifalardan biri barcha ta’lim vazirliklari orasida muvofiqlashtirish hamda monitoringning samarali mexanizmlarini ishlab chiqishdir, — deydi UNICEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Sasha Graumann. — Dastur mamlakatda mavjud muammolarni yengish uchun mo‘ljallangan tizim bo‘lishi lozim.
Izoh (0)