Toshkent viloyatining Zangiota tumanida katta miqdordagi pul o‘g‘irlash bilan bog‘liq jinoyat sodir etildi, deya xabar bermoqda IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi.
28-iyul kuni noma’lum shaxs Zangiota tumani “Ilg‘or” mahallasida yashovchi M.L.ning uyiga deraza panjarasini buzish yo‘li bilan kirib, yotoqxonadan 140 ming dollar va sariq metalldan yasalgan ayollar qo‘l soatini o‘g‘irlab ketgan.
“Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Zangiota tumanida yashovchi, muqaddam sudlangan Sh.H. sodir etganligi aniqlanib, ushlangan”, — deyiladi IIV axborotida.
Izoh (0)