Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz tumanida 8-avgust kuni fuqaro E.H.ning xonadonida joylashgan somonxonasida yong‘in sodir bo‘ldi, deya xabar bermoqda IIV.
Ko‘rilgan choralar natijasida yong‘in soat 18:30 da o‘chirilgan. Yong‘in oqibatida somonxonaning 24 kvadrat metr maydoni yonib, zarar ko‘rgan.
“Yong‘in o‘chirish vaqtida N.A.ning birga yashagan nabirasining kuygan holdagi jasadi topilgan”, — deyiladi IIV axborotida. IIVning qayd etishicha, qizalo 7 yoshda bo‘lgan.
Yong‘in kelib chiqish sababi va keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda. Surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Izoh (0)