• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12603.52
    • RUB160.94
    • EUR14676.8
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +39°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Madaniyat

    Mahmudxo‘ja Behbudiy: Bizni kemirguvchi illatlar

    “Azon.uz” Mahmudxo‘ja Behbudiyning “Bizni kemirguvchi illatlar” sarlavhali maqolasini taqdim qildi. Maqola 1915-yili “Oyina” jurnalining 13-sonida chop etilgan.

    Foto: “Azon.uz”

    Foto: “Azon.uz”

    Bizni kemirguvchi illatlar deganda, zaxm-u maraznimi gumon etarsiz? Yoyinki, sil, silariya (o‘pka sili) va maxavliknimi dersiz? Yo‘q, andan ham yamonroq va andan ham jonxarosh (jon azobi), bevoya, xonavayron va g‘arib etguvchi bir dard, biz – turkistoniylarni shahri va qishloqi yoyinki yarim madaniy, yarim vahshiy sinflarimizg‘acha istilo etib, butun tirikligimizg‘a sorilgan va bizni inqirozg‘a va tahlikag‘a va jahannamg‘a yumalaturg‘on to‘y, azo ismindagi ikki qattol dushmanni derman.

    Atomizdan mehribon Tangrimiz jalla va a’lo Qur’oni karimda “Lo talaqqu bi yadikum ala tahlikkatihi”, ya’ni o‘z qo‘llaringiz ila o‘zingizni tahlikaga otmangiz, der. Biz bo‘lsa, badbaxtona va Xudoning amrig‘a bo‘yun qo‘ymasdan kofirona bir suratda to‘y va azo degan, yo‘q bo‘lushimizg‘a sabab bo‘lgan odatlarga boru yo‘qimizni sarf va isrof etarmiz…

    Ma’lum bir shaharda yahudiylar ba’zan o‘luklarini oqshom elitib ko‘marlar. Na uchun? Kunduzi ishdan qolarlar. Biz bo‘lsa, o‘luk va to‘y uchun haftalar, hatto, oylar ila ishdan qolurmiz. Holbuki, shore’i a’zam, payg‘ambari akram sallollohi alayhi vasallam hazratlari o‘lganni tez ko‘mub va ko‘mgandan so‘ngra tez tarqalib, ishg‘a ketmoqg‘a va o‘lukxona xalqini uch kundan ziyoda ta’ziya tutmasg‘a, qaro kiymasg‘a, kir, falokat bo‘lmasg‘a amr etarlar. Ey xalq! Ey musulmonlar! Biz na uchun Xudo va rasulni so‘zig‘a va o‘zimizni na’fimizg‘a amal qilmaymiz? Biz devonami? Biz taklifdan tashqarimi? Xudo uchun so‘ylangiz? Biz nima?

    Shariat kitoblaridan “Faroiz, ya’ni Xudoni buyrug‘i degan kitoblarg‘a: “O‘lukni molidan avvalan o‘lukg‘a kerakli muvofiq sunnat va isrofsiz kafan qilib, dafn qilmoqg‘a sarf qilinsun, so‘ngra qarzi berilur. So‘ngra ortgan mollarni – varasasig‘a muvofiqi shariat taqsim qilinib berilur”, – deyilgan ekan, biz bil’aks kafandan so‘ngra qarzga bermay va hatto, sag‘ir va benavo xotunlarni merosini yirtish, azoyi, sadaqa, xayrot, bilmayman, nimalar ujrasi deb, qarzdan vorisidan ilgari taqsim qilib olarmiz. Besh-olti ma’raka va xudoyi, 8-10 jum’a oqshomi deb butun mahalla va qishloq xalqig‘a palov berarmiz. Ba’zi bir bechora sag‘ir va mushtipar ayollar merosdan va haqlaridan noqis olurlar. Ba’zi qarzxohlarni haqqi xudoyi va xayrot, noxudoyi va sharrot sababi ila kuyub ketar. Bechora o‘lukni zimmasi qarzdan qutulolmay qolur. Xudo uchun aytingiz, bu xayrotmi, bu xudoyimi?

    Besh-olti kun so‘ngra bu xudoyi va xayrotlar uchun varasani haqqi bo‘lgan mol va yerlar sotulur. Berilgan dangga adras, azoyi va g‘anilarni olgan yirtish va sadaqalari uchun berilur. Endi bechora varisa darbadar, ham otadan, ham vatandan ayrildi-ketdi. Bir o‘rtahol, bir bechora faqir o‘lar. Oning g‘ani yaqini o‘lukni egasi bo‘lub, varisa molini “obro‘y” etarman, deb isrof va barbod etar. Natijada bechora varisa darbadar.

    Astag‘furillo, subhonollo. Bizni qilaturgon aqlsizligimizni qaysi millat qilur? Nikoh, xatna, bu ikki balo shundog‘ qattiq bir illatki, o‘lmaguncha qutulub bo‘lmaydur. Shaharlarda o‘rtahol, ya’ni o‘turarg‘a xona va bog‘i bor bir kishi nikoh uchun ikki ming so‘m sarf etar va o‘g‘ul xatnasi uchun hech bo‘lmaganda ming so‘m. Har bir benavo kishi bu mavridlarga 200 so‘mdan 1000 so‘mgacha sarf etar. Boy va zo‘raki boylar esa besh ming, o‘n minglab sarf etar. Oxiri nima bo‘lur? Nima bo‘lur deysiz? Ota-bobosidan qolgan mulk va vatanini o‘z ixtiyori ilan zo‘raki boyni o‘zi o‘lgandan so‘ngra bir yahudiy yo bir armani ajnabiyg‘a sotib, to‘y va ta’ziya qarzini berar. O‘zi sotmaganda sudg‘a sotilur. Mana, yuqoridagi sarlavhada “Bizni kemirguvchi illatlar” degan odatlarimiz, shu to‘y va ta’ziya ismindagi devonaligimizdan iboratdur.

    Bir do‘konchi, bir gulkor, bir faqirhol, bir kosib uchun bu to‘y va ta’ziyalar o‘lumdan qatig‘durki, muning uchun bechora har kun o‘lur. Har kun o‘lgon ilada qutulmas. O‘zidan so‘ngra ahlu ayolig‘a bu yo‘qsullik va bu musibatni meros qo‘yar. Xo‘b, yaxshi, o‘z molini to‘y va ta’ziyag‘a isrof etsun, barbod etsun, ko‘zi chiqsun. Hay, bonka oqchasini, birov pulini na uchun barbod etar. Bu devonalikni u tarafi emasmi? Bu hol ila 20-30 sana o‘tsa, yer va havlilar ajnabiylarg‘a o‘tub, aksar xalqimiz gadoylik darajasig‘a inur. Ellik sana muqaddam yer sotilsa, bir musulmon olardi, endi boshqalar olur. Mana, endi biz shu hol ilan yana yigirma – o‘ttuz yil o‘tkarsak, xalqimizni yarmidan ziyodasi vatansiz, yersiz darbadar bo‘laturgoni ma’lum va oshkordur. Bir havlida, bir ro‘zg‘orda, masalan, ikki o‘g‘ul, ikki qiz bor. Ato o‘lsa, ani moli to‘rt bo‘lunur. Alarni har birig‘a nikoh va xatna va o‘lum mavridlari muqarrardur. O‘zlarini zamoncha ilmi va hunari yo‘qki, konturg‘a, mahkamag‘a, bonkag‘a kirib vazifa olsa. Endi noiloj attorlik va yo baqqollik va u bo‘lmasa, muzdurlik va mardikorlik qilishi lozim kelib, bu ishlardan faqat alarni qorni to‘yadur. Ortdurmoqqa yo‘q. Muning ustig‘a to‘y va ta’ziya degan dahshatlik balolar kelgandan so‘ngra bu aziz oila va ro‘zg‘org‘a yonib kul bo‘lmoqdan boshqa iloj yo‘qdur.

    Biz bir tanob yerimizni 200 so‘m sotib to‘y qilmoqchi bo‘lsak, “erni xo‘b pulg‘a urdum” deb majnunona shodlanurmiz. Insonni bu qadar ahmoqligi ajibdur. Bizg‘a lozimki, to‘y va ta’ziyalarni kichik qilib va holimizcha harakatda bo‘lub, kelar zamonamizni o‘ylayluk. Valloh, xoru zoru munqariz bo‘lmoq ertag‘a oftobni chiqishidek muqarrardur…

    07.08.2018, 17:09   Izoh (0)   36472
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Toshkentda tojikistonlik va o‘zbekistonlik san’atkorlar ishtirokida konsert dasturi o‘tkaziladi

    02.08.2018, 13:56

    O‘zbek hunarmandlari Fransiyada dunyo madaniyati festivalida ishtirok etdi

    01.08.2018, 23:19

    Bosh prokuratura va Madaniyat vazirligi barcha muzeylarni tekshiradi

    27.07.2018, 22:43

    Savitskiy muzeyidagi shikastlangan suratni tiklash xarajatlarini qurilish kompaniyasi to‘laydi

    27.07.2018, 17:34

    Foto: Farangiz Rejametovaning vafotidan 3 daqiqa avval olingan surat

    27.07.2018, 09:47

    Diana Yagofarova: “Super kelinchak”dagi voqealarni hayotda ham boshdan kechirdim

    26.07.2018, 14:28
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 2025 yilda 138 mingdan ortiq fuqaro bandligini ta’minladi


    “O‘zbekinvest” sug‘urta kompaniyasi 2025-yilning I yarim yilligi yakunlarini eʼlon qildi


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 


    Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan yirik ko‘chmas mulk auksionga qo‘yildi


    GETWORK — Yevropada ishlash orzusini amalga oshiradigan ishonchli agentlik


    Qulay shartlar bilan yangi ipoteka mahsuloti va xonadon yutib olish imkoniyati


    Yandex Music’da jazirama kayfiyat uchun maxsus “Chilla” bo‘limi paydo bo‘ldi


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 


    “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” ISO 9001 va ISO 37001 xalqaro sertifikatlarini qo‘lga kiritdi 


    Visa Kapitalbank bilan Xitoyga: WeChat Pay va Alipay orqali naqd pulsiz to‘lovlar – erkin, oson va xavfsiz


    Katta o‘zgarishlar kichik qadamlar bilan boshlanadi


    President Tech Award tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli uzaytirildi 


    Mikrokreditbankda omonat karta joriy qilindi


    Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi magistratura dasturlariga qabul jarayonlari davom etayotganini ma’lum qiladi

     

    Tavsiya etamiz

    KGB soxtalashtirgan jinoyat – SSSR parchalanishi arafasida o‘lim jazosi berilgan qariya kim edi?

    21 iyul, 21:06

    Titanlar to‘qnashuvi: g‘arb burguti kuchlimi yoxud sharq ajdari?

    21 iyul, 19:50

    Favvorada cho‘milayotgan, muzqaymoqqa navbatda turgan odamlar, maysada uxlayotgan it-mushuklar — Toshkentda chilla

    21 iyul, 14:05

    Kobulda transafg‘on temiryo‘li bo‘yicha uch tomonlama bitim imzolandi

    18 iyul, 09:12
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Jigarni asrashga yordam beruvchi 7 ta oson tayyorlanadigan ichimlik

    Retseptlar | 22 iyul, 10:51

    O‘zbekiston JSTga qo‘shilish bo‘yicha Shveysariya bilan ikki tomonlama muzokaralarni yakunladi

    O‘zbekiston | 22 iyul, 10:40

    Germaniyada avtomobil YTH oqibatida omborxona tomiga kirib ketdi (video)

    Dunyo | 22 iyul, 10:25

    Martin Lyuter King o‘ldirilishiga oid hujjatlar maxfiylikdan chiqarildi

    Dunyo | 22 iyul, 10:05

    Levandovski Markus Reshford transferidan xavotirda

    Sport | 22 iyul, 10:01

    “O‘zbekinvest” sug‘urta kompaniyasi 2025-yilning I yarim yilligi yakunlarini eʼlon qildi

    Reklama | 22 iyul, 09:00

    40 yoshga yetgunga qadar har bir shaxs o‘zida shakllantirishi kerak bo‘lgan 8 ta odat

    Maslahatlar | 22 iyul, 09:56
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.