• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12524.89
    • RUB156.54
    • EUR14456.23
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +24°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Muxbir uka, minnatdorchiligimni yurtboshiga yetkazing!

    Eski tanishim, Beruniy mahallasida yashovchi ikkinchi guruh nogironi Umidjon Qodirov telefon qilib qoldi.

    — Prezidentimizga men va menga o‘xshagan nogironlar nomidan minnatdorchiligimizni matbuot orqali yetkazsangiz, — dedi u hayajonlanib. — “Daryo” saytining o‘quvchilari ko‘p, shunga yozing,  — yana qo‘shib qo‘ydi.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Umidjon ancha yillardan buyon nogiron, harakatlana olmaydi. Shu kuni Farg‘ona shahar 2-sektor shtabi a’zolari prokuror M.Rahmonov boshchiligida ularning xonadoniga kelib nogironlik aravachasi, dori-darmon sovg‘a qilib ketishgan ekan.

    2-sektor shtabi orasta, didli jihozlangan. Murojaatlar, uning ijrosi daftarini kuzatamiz. Shu kuni shtab a’zolari Umidjonga o‘xshagan Huvaydo,  Navbahor, Mehribonlik, Hamkorlik kabi yana bir necha MFYlaridagi ehtiyojmand nogironlar xonadoniga ham tashrif buyurib aravachalar topshiribdilar.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    — Biz O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Hududlarning jadal ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini ta’minlashga doir ustuvor chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori asosida barcha yo‘nalishlarda ish tashkil etdik, — deydi 2-sektor shtabi a’zosi Jahongir Ismoilov. Hududdagi muammolarni har bir xonadonga kirib oilalarning turmush tarzi bilan tanishgach aniqlab oldik va uni bartaraf etish “yo‘l xaritasi”ni ishlab chiqdik. Faoliyatimiz asosan ana shu reja asosida yo‘lga qo‘yilgan.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Biz “yo‘l xaritasi”dagi yozuvlar manzili tomon yo‘l oldik. Xo‘jamag‘iz, Huvaydo MFYda yashovchi H.Hakimov, N.Sultonovlar eshitish moslamasi sovg‘a qilganlaridan, o‘nta MFYdagi ko‘p bolali xonadon egalari farzandlariga kiyim-kechak to‘plamlari sovg‘a qilinganidan, 40 ta ehtiyojmand oilalarga oziq-ovqat, bemorlarga dori-darmonlar tarqatilganidan minnatdorchilik bildirib, insonparvar siyosat yuritayotgan davlatimiz rahbari va 2-sektor mas’ullarini duo qildilar.

    — Savurbuloq MFY markazdan chetroqda joylashgan. Shuning uchunmi, sektor rahbari  bizning mahallaga tez-tez kelib turadi, — deydi yoshi ulug‘ Abdug‘ani ota. – Biz ijtimoiy dorixona uzoqda ekanini aytgandik. Masala tez hal bo‘ldi. Endi haftada ikki marta ijtimoiy dorixonaning o‘zi ko‘chma faoliyatini yo‘lga qo‘yib, shu yerning o‘zida kerakli dori-darmonni  olyapmiz.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    — Mahallamizda to‘rt mingdan ziyod aholi yashaydi, — deydi jo‘ydamlik Zuxra opa Hamidova. – 23 ta kam ta’minlangan oila farzandlariga avtobus tashkil etib “Hayvonot bog‘i”ga sayohat uyushtirdilar. Mening nabiram ham bor edi ular orasida. O‘shanda oilamdagi eng quvonchli kunlardan biri bo‘ldi...

    Farg‘ona shahridagi 2-sektorda 18 ta MFY, 22942 ta xonadon, 74446 nafar axoli bor. Ularning 14441 nafari voyaga yetmaganlar, 1045 nafari nogiron, 367 ta extiyojmand oila, 24 ta yakka yolg‘izlar mavjud. Bu raqamlar ortidagi har bir fuqaro, oila sektor a’zolarining doimiy e’tibori, g‘amxo‘rligida. Muammolar xam shunga yarasha. Birgina Huvaydo mahallasi hududida 1300 metr ichimlik suvi quvuri, 10 km elektr tarmoqlari yangilandi. 14 ta kam ta’minlangan oila uy joylari ta’mirlandi. 1200 metr shisha tolali kabel yotqizilib, 1 km yo‘l asfaltlandi, 85 ta ko‘cha chiroqlari o‘rnatildi. Hududdagi ehtiyojdan kelib chiqib, 230 o‘rinli xususiy bog‘cha qurib bitkazildi.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Hududdagi boshqa mahallalarda ham shu kabi ishlar qizg‘in olib borilyapti.

    Sektorda yana bir ibratli tajriba  yo‘lga qo‘yilgan. Har ikki haftada shtabda “Tadbirkorlar kuni” o‘tkaziladi. Ularning muammolari o‘rganilib yechim ustida choralar ko‘riladi.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    — Avvaliga amaldorlar uyma-uy yurib qoldi, bu ham bir o‘tkinchi tadbir bo‘lsa kerak, deb o‘ylagandim, — deydi Umidjon. – Yo‘q, men adashibman, bizga e’tibor, g‘amxo‘rlik izchil, doimiy tus oldi. Bu davlatimiz siyosatiga aylandi. Biz shu siyosatni tashkil etayotgan, yuritayotganlardan rozimiz. Muxbir aka, shu gaplarimni ham yozing!

    O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan  barcha sohada olib borilayotgan islohotlardan ko‘zlangan maqsad ham aslida xalq roziligiga erishish emasmidi?

    Muhammadjon Obidov

    06.08.2018, 08:36   Izoh (0)   28211
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Bosh prokuraturada soliq va bojxona organlari faoliyatini nazorat qiluvchi yangi bo‘linma tashkil etiladi

    06.08.2018, 08:34

    O‘zbekistondagi OTMlarning sirtqi ta’lim shakliga test sinovlari 20-avgustdan boshlanadi

    06.08.2018, 07:40

    Chorvoqda uchqo‘rg‘onlik mast ayol Toshkentda yashaydigan tanishini pichoqladi

    05.08.2018, 23:17

    Chilonzorda fuqaro o‘z xotini va qiziga pichoq urdi

    05.08.2018, 22:13

    Senat raisi Nig‘matilla Yo‘ldoshev g‘o‘za parvarishida mas’uliyatni his qilmayotgan rahbarlarni tanqid qildi

    05.08.2018, 21:34

    O‘zbekiston qishloq xo‘jaligida dronlarni qo‘llash imkoniyati muhokama qilindi

    05.08.2018, 21:15
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    BYD rasmiy dileri Beni Motors Samarqandda BYD Sealion 7 flagman krossoverini taqdim qildi


    Ellipse International School – farzandingiz kelajagi boshlanadigan joy!


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    Hayot Bank “Yashil yurak” nomli keng ko‘lamli ekologik tashabbusni e’lon qildi. Avgust oyidan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab Hayot Bankning har bir yangi omonatchisi uchun bitta daraxt ekiladi


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Pora, neft va terrorchilik: nega Qatar amiri shov-shuvlar markazidan tushmayapti?

    5 avgust, 11:20

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Los-Anjelesda noma’lum erkak odamlarga qarata o‘q uzdi

    Dunyo | 5 avgust, 23:55

    Samarqand viloyatining uchta tumaniga yangi hokimlar tayinlandi

    O‘zbekiston | 5 avgust, 23:48

    Netanyaxu Tramp va Putin o‘rtasidagi keskinlikni yumshatish uchun vositachilik qilmoqda — OAV

    Dunyo | 5 avgust, 23:45

    Toshkentda 21 kunda fuqarolardan 1715 ta tig‘li qurol musodara qilindi

    O‘zbekiston | 5 avgust, 23:35

    Norvegiyada 75 ming yillik hayvon qoldiqlari topildi

    Dunyo | 5 avgust, 23:25

    Donald Tramp psixikasida kognitiv muammolar bor — The Guardian

    Dunyo | 5 avgust, 23:15

    Ko‘kdala tumanida yana zapravka portladi

    O‘zbekiston | 5 avgust, 23:12

    Qirg‘iziston iqtisodiy o‘sish bo‘yicha Markaziy Osiyoda yetakchiga aylandi

    Iqtisodiyot | 5 avgust, 23:05
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.