Toshkent shahrining Chilonzor tumanida tan jarohati yetkazish bilan bog‘liq jinoyat sodir etildi, deya xabar bermoqda O‘zbekiston IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi.
Xabar berishlaricha, Chilonzorning Olmazor dahasida yashovchi S.M. 3-avgust kuni mast holda turmush o‘rtog‘i R.M. va qizi N.M.ga pichoq bilan jarohat yetkazgan.
IIV axborotida qayd etilishicha, pichoqbozlik o‘zaro oilaviy janjaldan so‘ng yuz bergan.
“Natijada ona-bola jarohat olib kasalxonaga yotqizilgan”, — deyiladi vazirlik axborotida. Pichoqboz otaga nisbatan qanday chora ko‘rilgani haqida ma’lumot berilmagan.
Izoh (0)