O‘zbekiston Bosh prokuraturasida soliq va bojxona organlari faoliyatini nazorat qiluvchi 493 shtat birligidan iborat yangi bo‘linma tashkil etiladi. Bu haqda “Podrobno.uz” xabar bermoqda.
Xususan, Bosh prokuratura tizimida soliq va bojxona sohasida qonunchilikka rioya etilishini nazorat qilishga mas’ul Bosh prokuror o‘rinbosari lavozimi joriy etiladi.
Shuningdek, viloyat, shahar va tumanlarda mazkur yo‘nalishda prokuror o‘rinbosarlari va yordamchilari ish boshlaydi.
Ular soliq va bojxona idoralari tomonidan qonunchilik talablari so‘zsiz bajarilishi ta’minlanishini kuzatishi, mazkur sohalardagi qonunchilik holatini tizimli tahlil qilishi, qonun buzilishi va korrupsiya alomatlarini zudlik bilan bartaraf etishi lozim bo‘ladi.
Izoh (0)