Venesuela prezidentiga portlovchi moslama o‘rnatilgan dron yordamida suiqasd qilishga urinishdi, deb xabar beradi “Vesti.ru”.
Nikolas Maduro va hukumat a’zolari portlash oqibatida jabrlanmagan.
Hodisa aks etgan videorolikda Maduro o‘zidan muayyan uzoqlikda portlash ovozi eshitilganidan so‘ng o‘z nutqini to‘xtatganini ko‘rish mumkin. Shundan so‘ng translyatsiya to‘xtatiladi.
Hukumat hodisa yuzasidan rasmiy izoh bermagan.
Izoh (0)