Farrux Jahongirovich Po‘latov “O‘zdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi boshqaruvining raisi etib tasdiqlandi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq “O‘zdonmahsulot” xoldingi boshqaruvining sobiq raisi Surat Haydarov poraxo‘rlikda ayblanib hibsga olingan edi.
Ma’lumot uchun, yuqori sifatli un navlari, yorma, omixta yem, shuningdek, non-bulka, makaron va qandolatchilik mahsulotlari ishlab chiqarish hamda iqtisodiyot tarmoqlari va respublika aholisini ular bilan ta’minlash “O‘zdonmahsulot” AKning asosiy vazifalari sirasiga kiradi.
Izoh (0)