Qoraqalpog‘istondagi 6 ta oliy ta’lim muassasasiga salkam 40 ming abituriyent hujjat topshirdi. Bu haqda Davlat test markazining respublikadagi vakili Muzaffar Abdullayev “Qoraqalpog‘iston” telekanalining “Haftalik” axborot dasturiga bergan intervyusida ma’lum qildi, deya xabar beradi “Karinform.uz”.
Bu yil Qoraqalpog‘istondagi test sinovlari ikki manzilda: Olimpiya va milliy sport turlari bo‘yicha Nukus oliy sport mahorat maktabi (4 bino, 28 guruh, 840 o‘rin) va Nukus olimpiya zahiralari kollejida (2 bino, 28 guruh, 840 o‘rin) bo‘lib o‘tadi.
Agar bir smenada shu ikki manzilda 1680 abituriyent test sinovlarida ishtirok etsa, ikki smenada 3360 kishini qamrab olish mumkin.
Bu esa test jarayonini 1—12-avgust oralig‘ida yakunlash imkoniyatini beradi.
Izoh (0)