“Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligi ma’lum qildi.
Qarorga muvofiq quyidagilarning soliqlar, penyalar, moliyaviy jarimalar va sud xarajatlari bo‘yicha hisoblangan qarzlaridan voz kechildi (hisobdan chiqarildi):
- 2018-yil 1-aprelga qadar yakka tartibdagi tadbirkor maqomini yo‘qotgan jismoniy shaxslar;
- 2018-yil 1-apreldan moliyaviy-xo‘jalik faoliyatini amalga oshirmayotgan yakka tartibdagi tadbirkorlar;
- Davlat ro‘yxatidan o‘tmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanganligi uchun bir yillik qat’iy belgilangan soliq summasi hisoblangan jismoniy shaxslar.
Izoh (0)