Surxondaryo viloyatining Oltinsoy tumanida 26-iyul kuni ikki kishining o‘limiga sabab bo‘lgan YTH sodir bo‘ldi. Bu haqda IIV jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar bermoqda.
Shu tumanda yashagan X.B. mast holda o‘zining Nexia rusumli mashinasini mahalla hududidagi ichki yo‘lda haydab ketayotib, boshqaruvni uddalay olmay, “Xazarbog‘” kanaliga tushib ketdi.
Hodisa oqibatida haydovchi X.B. va uning yo‘lovchisi Sh.P. voqea joyida halok bo‘ldi.
Izoh (0)