• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12497.75
    • RUB156.79
    • EUR14658.61
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +35°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “STV” telekanali faoliyati to‘xtatildi, “Sevimli” telekanali qat’iy ogohlantirildi

    Internetda O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan ayrim telekanallar tomonidan pornografik va hayosizlikni targ‘ib qiluvchi materiallar tarqatilgani haqidagi lavhalar paydo bo‘lishi yuzasidan Axborot faoliyati va ma’lumotlar uzatishni takomillashtirish va samaradorligini oshirish bo‘yicha idoralararo muvofiqlashtirish komissiyasining 27-iyul kuni yig‘ilish o‘tkazdi. Bu haqda Matbuot va axborot agentligi “Daryo”ga xabar berdi.

    Foto: Google Images

    Foto: Google Images

    Yig‘ilishda O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi Master media production and broadcast mas’uliyati cheklangan jamiyati muassisligida tashkil etilgan “Sevimli” va “STV” telekanallari monitoringida bir qator qonun talablari buzilganini ma’lum qildi.

    Xususan, Toshkent shahrida faoliyat yurituvchi “Sevimli” telekanali orqali 2018 yil 15 iyul kuni coat 21:10 da efirga uzatilgan “Hurliqo” (“I feel pretty”) badiiy filmining 45-daqiqasida pornografik mazmundagi sahna mavjudligi aniqlangan.

    “Bundan tashqari, ushbu telekanalda ma’naviyatimiz va milliy qadriyatlarimizga zid, yoshlarning odob-axloqiga, tarbiyasiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan yozishmalar, matnida hayosizlikni tashviqot qiluvchi jumlalar mavjud xorijiy qo‘shiqlar namoyish etilgani kuzatilgan”, deyiladi agentlik xabarida.

    Samarqand shahrida faoliyat yurituvchi “STV” telekanali 21-iyul kuni coat 09:17 da hayosizlikni targ‘ib qiluvchi, ayniqsa yoshlar odob-axloqiga, tarbiyasiga salbiy ta’sir etuvchi “Sausage party” nomli xorij multfilmini efirga uzatgan. Jumladan, multfilm qahramonlarining hayosizlikni targ‘ib qiluvchi beo‘xshov qiliqlari, behayo suhbatlari, narkotik moddalarni qabul qilish, surbetlarcha qovushish sahnalari ochiq-oshkora namoyish etilgan.

    “Bolalar uchun mo‘ljallangan bunday “multfilm”larni efirga uzatayotgan muharrirlar, jurnalistlar, kanal rahbarlari va texnik xodimlarining farzandlari, oilasi, ayoli, nabiralari yo‘qmi? Ular bunday xatti-harakatlari bilan kelajagimiz egalari – aziz farzandlarimizga nima demoqchi? Ular bu harakati bilan kimning tegirmoniga suv quymoqda? Bu sahnalarni efirga uzatganlar farzandlarining ko‘ziga qaray olarmikan?!”, — deyiladi Matbuot va axborot agentligi bayonotida.

    Bundan tashqari, mazkur telekanal orqali 22-iyul kuni soat 22:45 da xorijning “Men afsonaman” (“I Am Legend”) filmi efirga uzatilgan. Mazkur film syujetida virus tarqalgan hududda odamxo‘rlar va vahshiy hayvonlarning odamga hujum qilish, uni yeyishga urinish bilan bog‘liq vahshiylik, shafqatsizlik sahnalari mavjudligi aniqlangan. Syujetida tomoshabinlarni dahshatga soluvchi qo‘rqinchli tasvirlar mavjudligi bois, mazkur film “O‘zbekkino” Milliy agentligining ekspert komissiyasi tomonidan “O‘zbekiston Respublikasi hududida namoyish etish, ko‘paytirish va tarqatish tavsiya etilmagan filmlar ro‘yxati”ga kiritilgan.

    Telekanallar tomonidan nomlari qayd etilgan film va multfilmlarni efirga uzatish oqibatida O‘zbekiston Respublikasi “Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida”gi qonunining 6-moddasi, “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi qonunining 5-moddasi, “Bolalarni ularning sog‘lig‘iga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilish to‘g‘risida”gi qonunining 16-moddasi, “Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari to‘g‘risida”gi qonunining 14- va 15-moddalari talablari buzilgan.

    Yuqoridagi qonunbuzilish holatlaridan kelib chiqib, Idoralararo Komissiya qaroriga asosan Master media production and broadcast mas’uliyati cheklangan jamiyati muassisligidagi “STV” telekanalini efirga uzatish nomuayyan muddatga to‘xtatildi.

    “Sevimli” telekanali mas’ul xodimlariga keskin choralar qo‘llanilgani inobatga olinib, bunday holatlarga qayta yo‘l qo‘ymaslik sharti bilan telekanal rahbariyati qattiq ogohlantirildi.

    O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi barcha teleradiokanallar, boshqa turdagi ommaviy axborot vositalarini O‘zbekistonda mavjud qonunlar talablarini hurmat qilishga, ma’naviyat, urf-odatlar, yoshlar tarbiyasiga zarar keltirishga qaratilgan materiallarni tarqatmaslikka chaqirdi hamda bunday holatlar takrorlangan taqdirda qat’iy choralar ko‘rilishi haqida ogohlantirdi!

    28.07.2018, 11:28   Izoh (0)   213053
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Shavkat Mirziyoyev Peru prezidentiga tabrik yo‘lladi

    28.07.2018, 10:58

    Surxondaryoda Nexia “Xazarbog‘” kanaliga tushib ketdi. Haydovchi va yo‘lovchi halok bo‘ldi

    28.07.2018, 10:12

    Yoz chillasida Farg‘onada olma gulladi

    28.07.2018, 09:56

    O‘zbekiston Qahramoni Siyosatxon Abdullayeva 78 yoshida vafot etdi

    28.07.2018, 09:25

    O‘zbekistonliklar to‘liq Oy tutilishiga guvoh bo‘ldi (foto)

    28.07.2018, 09:10

    O‘zbekistonda xorijdagi onlayn-do‘konlardan xarid qilinadigan tovarlar summasiga cheklov joriy etildi

    27.07.2018, 23:45
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    APEX BANKdan biznes uchun individual xizmat ko‘rsatish — bu qulaylik bilan biznes yuritish demakdir


    Central Asian University xalqaro Vasiylik kengashi tashkil etilganini e’lon qiladi 


    “Bog‘ibaland”da anjir sayli: Samarqandda milliy meva bayrami bo‘lib o‘tdi 


    Ohangaronda “Turon Enduro Uzbekistan Cup” enduro mototsikl musobaqasi bo‘lib o‘tadi 


    #BirBirimizga: O‘zbekistondagi e’lonlar xizmati qanday qilib har bir narsaga ikkinchi umr beruvchi kampaniyani ishga tushirdi


    “Yangi O‘zbekiston” bog‘i yo‘llari yopilgani haqidagi xabarlar asossiz 


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi 


    Biznesga birinchi qadam — “Lux”: Universal bankdan 100 million so‘mgacha imtiyozli kredit


    “Yandex Uzbekistan” informatika o‘qituvchilari uchun ta’limda sun’iy intellekt etikasiga oid intensiv kurslar tashkil etdi


    Namangan, Farg‘ona va Andijon Pepsi Music Fest quvvati bilan birlashdi!


    Way II kompaniyasidan ikkinchi dividend to‘lov


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi


    7 yilga penyalarsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati — 2025-yil oxirigacha premium-klass kottejlarni qulay muddatli to‘lov asosida xarid qiling! 


    “Omad mavsumi” UZCARD bilan: uch bosqich, uchta sayohat va bosh sovrin — elektromobil 


    Dividendlar nima: ular qanday ishlaydi va investorlar qanday foyda oladi?

     

    Tavsiya etamiz

    Toshkentda issiqlik ta’minoti va issiq suv tariflari yana oshirilishi mumkin

    13 avgust, 09:46
    Audio Icon

    Samoga sochilgan yulduzlar: “Paxtakor 79” voqeasiga 46 yil bo‘ldi

    11 avgust, 10:09

    Tobutga yashirilgan og‘u: Vyetnam urushi paytida AQSHga harbiy samolyotlarda geroin tashigan jinoyatchi kim edi?

    10 avgust, 21:42

    Dengizlarga aylangan daryolar: dunyodagi eng yirik GESlar qayerda barpo etilgan?

    9 avgust, 13:45
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Yaponiyada yangi tug‘ilgan chaqaloq hidiga o‘xshash atir yaratildi

    Ilm-fan | 14 avgust, 17:30

    Xalqaro sertifikati yo‘q o‘qituvchilarni ishdan bo‘shatish bo‘yicha ko‘rsatma berilmagan — vazirlik

    O‘zbekiston | 14 avgust, 17:17

    Peru sobiq prezidenti hibsga olindi

    Dunyo | 14 avgust, 17:15

    “Uenzdey” seriali mualliflari Addamslar oilasi haqida multfilm ishlab chiqaradi

    Kino | 14 avgust, 16:55

    Shavkat Mirziyoyev Fransiya elchisini “Do‘stlik” ordeni bilan mukofotladi

    O‘zbekiston | 14 avgust, 16:47

    Tramp Putinga tinchlik uchun tabiiy boyliklarni taklif etmoqchi — The Telegraph

    Dunyo | 14 avgust, 16:40

    UEFA Superkubogi bahsi oldidan G‘azodagi urushga qarshi banner namoyish etildi (foto)

    Sport | 14 avgust, 16:35

    Qirg‘iziston 3,5 tonna pistani O‘zbekistonga qaytarib yubordi

    O‘zbekiston | 14 avgust, 16:25
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.