O‘zbekistonliklar to‘liq Oy tutilishi va Marsning buyuk ro‘para turishi hodisalariga guvoh bo‘ldi. Bu haqda “Gazeta.uz” xabar bermoqda.
Tutilish Toshkent vaqti bilan 23:24 da boshlandi. 2:13 da soya chekishinishni boshlab, 3:19 da to‘liq tark etdi.
“Qonli oy” XXI asrning eng uzoq davom etgan noyob hodisasiga aylandi. Bunda Oy sirtiga Yer soyasi tushgach, uning atmosferasi sababli Oy sathi qizil-sarg‘ish tusga kiradi.
Shuningdek, kecha Mars sayyorasi Yerga eng qisqa masofa — 57,7 million kilometrgacha yaqinlashdi.
Izoh (0)