Litva Yevropa Ittifoqidagi o‘z joniga qasd qilish holati eng ko‘p qayd etiladigan davlat bo‘lib chiqdi. Mazkur mamlakatda har yili 1000 kishiga 30 ta o‘z joniga qasd qilish holati to‘g‘ri keladi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar berdi.
Reytingda Litvadan keyin Latviya, Vengriya (19 tadan) va Belgiya (17 ta) joylashgan. Finlyandiyada yiliga har yuz ming kishidan 13 nafari o‘zini-o‘zi o‘ldiradi, Fransiyada esa 14 kishi. Germaniya va Shvetsiya ham statistikaning o‘rta shkalasida turibdi.
Eng kam o‘z joniga qasd qilish holati Kipr va Gretsiyada qayd etiladi. Ularning ko‘rsatkichi Litvanikidan 6—7 marta kamroq.
Izoh (0)