Dunyodagi eng keksa odam — yaponiyalik Tiyo Miyako ismli ayol 117 yoshida Iokogama shahrida vafot etdi. Bu haqda Yaponiya sog‘liqni saqlash, mehnat va farovonlik vazirligi ma’lumotiga tayanib, “TASS” xabar bermoqda.
Tiyo Miyako 1901-yili 2-may kuni tug‘ilgan.
Endilikda yaponiyalik boshqa ayol — Kane Tanake dunyodagi eng keksa odam sanaladi. Tanake 1903-yilning 2-yanvarida tug‘ilgan.
Izoh (0)