Rossiya prezidenti huzuridagi qishloq xo‘jaligi va davlat xizmati akademiyasi (FESN RANXiGS) ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedrasi dotsenti Igor Zagarin Tojikistondagi Sarez ko‘lining sotilishi O‘zbekistonga qanday ta’sir ko‘rsatishi mumkinligi haqida o‘z fikrlarini bildirdi. Bu haqda Sputnik xabar bermoqda.
“Xitoy Tojikistondan deyarli butun ko‘lni sotib oldi va u yerda ichimlik suvini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ymoqchi. Bu qo‘shni davlatlarga muayyan muammolarni keltirib chiqaradi, birinchi navbatda O‘zbekistonga”, — deb hisoblaydi ekspert.
Igor Zagaringa ko‘ra, xitoyliklar Markaziy Osiyo resurslarini o‘zlashtirishni juda tez va keskin tarzda amalga oshirmoqda.
“O‘zbekiston Tojikiston va Qirg‘iziston hududlaridan olinadigan suv resurlariga bog‘lanib qolgan. Rog‘un GES qurilishi ham mamlakatning suv balansini buzishi mumkin”, — deb ta’kidladi Zagarin.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq boshqa bir rossiyalik ekspert — Andrey Grozin Tojikiston Sarez ko‘lini Xitoy kompaniyasiga sotishi O‘zbekistondagi suv bilan bog‘liq vaziyatga ta’sir ko‘rsatmasligini bildirgandi.
Izoh (0)