“Yuventus” shifokorlari tomonidan jamoaning yangi a’zosi, portugaliyalik hujumchi Krishtianu Ronalduning jismoniy ko‘rsatkichlari 20 yoshli futbolchinikiday ekanligi ma’lum qilindi.
33 yoshli futbolchi Turin klubi uchun tibbiy ko‘rikdan o‘tish davomida jamoa shifokorlarini hayratga soldi.
“Ronalduning organizmida 7% yog‘ bor(uning yoshidagi futbolchilarda o‘rtacha ko‘rsatkich esa 10-11% bo‘ladi) mavjud. Muskullar massasi esa 50% ga teng (o‘rtacha ko‘rsatkich — 46%). Ronaldu JCh—2018 musobaqasi davomida 33,98 km/soat tezlikni namoyish etdi. Bu esa musobaqa davomidagi eng yuqori tezlik bo‘lib qoldi”,—deb yozdi sport jurnalisti Matteo Bonetti.
Izoh (0)