PFL talaabiga ko‘ra kelasi mavsumdan boshlab futbol bo‘yicha Pepsi Superliganing har bir klubi o‘z akademiyasi masalasiga jiddiy e’tibor qaratishi shart.
Avvalroq O‘zbekiston va Portugaliya Professional futbol ligalari o‘zaro hamkorlik borasida kelishuvga erishgandi. Kecha, 23-iyul kuni PFL vakili Portugaliya Professional futbol ligasi ijrochi direktori Sonia Karneyru hamda Yuridik masalalar bo‘yicha ijrochi direktor Jaou Martins bilan uchrashdi, deb xabar beradi PFL matbuot xizmati.
Endilikda Portugaliya Professional futbol ligasi marketing, media, klublar bilan ishlash, translyatsiya va boshqa turli masalalar bo‘yicha o‘z mutaxassislarini O‘zbekistonga yuborib, seminarlar tashkil qilish va o‘z tajribasi bilan bo‘lishadi.
Shuningdek, “Portu” futbol klubi akademiyasi bilan ham hamkorlik qilish bo‘yicha kelishib olindi. Dragon Force nomi bilan mashhur akademiya murabbiylari sentabr–oktabr oylarida O‘zbekistonga tashrif buyurib, yosh futbolchilarga “Portu” metodikasi asosida futbol sirlarini o‘rgatadi.
Izoh (0)