Kecha, 23-iyul sanasida futbol bo‘yicha O‘zbekiston Pepsi Superligasining 18-tur uchrashuvlari boshlandi.
Kun taqvimidan 3 ta bellashuv o‘rin olgandi.
Dastlabki o‘yin Olmaliqda AGMK hamda “Buxoro” jamoalari o‘rtasida kechdi. Uchrashuv taqdirini 40 hamda 73-daqiqada gol urishga erishgan Yovan Jokich hal etdi. Shu tariqa olmaliqliklar muhim 3 ochkoga ega bo‘ldi.
Ikkinchi uchrashuv esa Toshkentda “Paxtakor” Bekobodning “Metallurg” jamoalari o‘rtasida bo‘lib o‘tdi. O‘yinning birinchi bo‘limi 24-daqiqasida Tiago Bezerra hisobni ochgan bo‘lsa, ikkinchi bo‘limning eng so‘nggi daqiqalarida Ismoil Gonsalvesh 2 ta gol urib, “Paxtakor”ning yirik hisobdagi g‘alabasini ta’minladi.
Kunning so‘nggi o‘yinida “Nasaf” o‘z maydonida “Qo‘qon-1912” jamoasini qabul qildi. O‘yini taqdiri Bobir Abduholiqovning yagona goli orqali hal etildi. “Nasaf” esa bir necha uchrashuvlardan beri davom etayotgan omadsiz o‘yinlar seriyasiga barham berib, 3 ochkoli bo‘ldi.
Pepsi Superliga
18-tur bellashuvlari
23-iyul, dushanba
Izoh (0)