Turinning “Yuventus” jamoasi yarim himoyachisi Miralem Pyanich Yevropaning top klublari e’tiboriga tushdi.
Miralem uchun kurashga endilikda “Barselona” ham qo‘shildi, deb yozmoqda Tuttosport.
Pyanich xizmatlariga shu kunga qadar PSJ, “Manchester Siti” va “Chelsi” jamoalari ham ehtiyoj sezayotganini ma’lum bo‘lib ulgurgandi.
“Yuventus” esa klub yetakchisining transfer narxini ham e’lon qildi. Unga ko‘ra turinliklar Miralemning transferidan 100 million yevro ishlab olmoqchi.
“Barselona” esa jamoani tark etgan Paulinyo hamda Andres Inyesta o‘rnida Pyanichni ko‘rmoqchi.
Izoh (0)