Turkiyaning “Sivasspor” klubi “Barselona”ning braziliyalik himoyachisi Duglasni ijaraga oldi. Bu haqda turk klubi matbuot xizmati ma’lum qilgdi.
Duglas o‘tgan mavsumni “Benfika” safida ijarada o‘tkazgan edi. “Barselona” esa uni asosiy tarkib futbolchisi sifatida ko‘rmay, ijaraga berishni afzal bildi. Ammo qizig‘i shundaki, Duglasning “Barselona” bilan shartnomasi kelasi yil yozida yakuniga yetadi. Futbolchi shu tariqa shartnomasi yakuniga qadar “Sivasspor” safida ijarda bo‘ladi.
Duglas “Barselona” asosiy tarkibida 3 ta uchrashuv o‘tkazgan. Maydonda harakat qilgan umumiy daqiqalari soni esa 63 daqiqani tashkil etdi. U bu uchrashuvlarda gol ura olmagan, ammo bitta sariq kartochka ishlab olgan.
Izoh (0)