• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12910.15
    • RUB159.78
    • EUR14660.77
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Xorijdagi yurtdoshlarimiz huquqi himoya qilingan”. Mehnat vazirligi OAVdagi tanqidga javob berdi

    O‘zbekiston Milliy axborot agentligi portalida “Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi Rossiyaga ishga jo‘natgan yurtdoshlarimiz huquqini nega himoya qilmadi?” nomli maqola e’lon qilingandan so‘ng yuzaga kelgan vaziyatni o‘rganib chiqish maqsadida Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan maxsus ishchi komissiyasi tuzildi hamda holat yuzasidan tekshiruv ishlari o‘tkazildi. Quyida tekshiruv natijalariga bag‘ishlangan maqolani to‘liqligicha e’tiboringizga havola qilamiz.

    Foto: Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi matbuot xizmati

    Foto: Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi matbuot xizmati

    Ma’lum bo‘lishicha, Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi tomonidan 2017-yilning iyul oyida 44 nafar fuqaro (maqolada keltirilganidek 62 nafar emas) haqiqatan Rossiya Federatsiyasining Barnaul shahridagi “BTK grupp” korxonasiga tikuvchilik sohasi bo‘yicha ishga yuborilgan.

    Maqolada agentlik yordami bilan 2017-yilning iyul oyida Barnaulga ishga borgan fuqarolarning o‘z holiga tashlab qo‘yilgani va mehnat huquqlari poymol etilgani ta’kidlangan. Maxsus ishchi komissiya maqolada keltirilgan ushbu holatga taalluqli dalillar va manbalarni tekshirib, quyidagilarni aniqladi:

    1. Maqolada Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Facebook ijtimoiy tarmog‘idagi ishga jalb qilish bo‘yicha tarqalgan e’londa talabgorlarning temir yo‘l chiptalarini imtiyozli narxlarda sotib olishi ko‘rsatilgani, shunga qaramay, fuqaro O. Bakirova temir yo‘l chiptasini to‘liq narxda sotib olgani aytilgan. Biroq mehnat migrantlari uchun temir yo‘l chiptalarini imtiyozli narxlarda sotib olish tartibi Prezidentning 2018-yil 5-martdagi qaroriga binoan qabul qilinib, imtiyozlar 2018-yilning 1-aprelidan tatbiq etib kelinmoqda. Demak, fuqaro O. Bakirova temir yo‘l chiptasini sotib olgan paytda, ya’ni 2017-yilning iyul oyida Rossiyaga ishga ketuvchi fuqarolarga qarorda belgilangan imtiyozlar qo‘llanilmagan.

    2. Fuqarolar O. Bakirova, O. Karimova hamda S. Jo‘raqulov Barnaulda o‘zlari uchun berilgan turar joylarning belgilangan talablar va sharoitlarga javob bermaganligini, agentlik tomonidan ularga hamroh qilib yuborilgan xodimning shu vaziyatni ko‘rib turib, biror chora-tadbir ko‘rmaganligini, aksincha, ularni o‘z hollariga tashlab qo‘yganligini ta’kidlab o‘tishgan. Fuqarolarni O‘zbekistondan Barnaulga chindan ham agentlik xodimi kuzatib borgan. Dastlabki vaqtda yashash sharoitlari qoniqarli bo‘lmagani rost, biroq bu haqida agentlik tomonidan ish beruvchiga e’tiroz bildirilgan. Shunga muvofiq, ish beruvchi tomonidan 10 kun muddatda yashash joylari ta’mirlanib, talab darajasiga keltirilgan.

    Bu holatni tekshirish uchun 2017-yilning avgust oyida agentlik rahbari va mutaxassislari ishtirokidagi komissiya Barnaul shahrida bo‘lib, ish beruvchi va korxonada ishlayotgan fuqarolar bilan suhbat o‘tkazgan. Ularning mehnat, yashash va ovqatlanish sharoitlari ko‘zdan kechirilgan va fuqarolar tomonidan bu borada muammolar yo‘qligi bildirilgan.

    Biroq kuz kelib, yog‘ingarchilik mavsumi boshlangandan so‘ng, yotoqxonaning ayrim joylarida chakki o‘tish holatlari kuzatilib, bu xususida fuqarolar tomonidan agentlikka ma’lum qilingan. Shundan so‘ng, 2017-yilning sentabr oyida agentlik xodimlari yana Barnaul shahriga xizmat safari bilan borib, korxonaga muammoni bartaraf etish yuzasidan murojaat qilgan va fuqarolarning yotoqxonalari almashtirilib, yashash sharoitlari yaxshilangan.

    Bundan tashqari, agentlik orqali Barnaul shahriga tikuvchilik sohasi bo‘yicha ishga yuborilgan Oltinoy Karimova bilan 2018-yil 17-iyulda uchrashib, suhbatlashilganda O. Karimova Barnauldagi mehnat sharoitlari unga to‘g‘ri kelmagani, jamoa o‘rtasida boshqa ishlovchilar bilan chiqisha olmagani uchun bir oydan keyin Moskva shahridagi otasining yoniga ishga ketib qolgani va 2018-yil yanvar oyida O‘zbekistonga qaytib kelganli, agar yana ish o‘rinlari bo‘lsa, agentlik orqali Moskva shahriga ishga bormoqchi ekanligini ma’lum qildi.

    3. Maqolada fuqarolarning shartnomada ko‘rsatilgan 11 soatlik ish vaqtidan ortiq mehnat qilgani, belgilangandan ko‘ra ko‘proq norma talab etilgani va eng asosiysi, ish haqlari shartnomada ko‘rsatilganidek to‘lanmagani fuqarolar tilidan qayd etilgan. Avvalo, maqolada shartnomaning boshqa bandida ko‘rsatilgan muhim jihat, ya’ni qat’iy o‘n bir soatlik ish kuni belgilangan bo‘lsa-da, ulardan ikki kun ishlab, ikki kun dam olish tartibi e’tibordan chetda qoldirilgan, vaholanki, bu mehnat qonunchiligi me’yorlariga zid emas. Ikkinchidan, agentlik orqali tikuvchilik sohasi bo‘yicha Barnaul shahriga yuborilgan 44 nafar fuqaroga ish haqi ish beruvchi tomonidan taqdim etilgan talabnoma asosida bajarilgan ishga qarab ishbay to‘lanishi belgilangan. Barnaulda tikuvchilik sohasi bo‘yicha o‘tkazilgan tanlovlarda 800—1000 AQSh dollari ish haqi sifatida emas, balki bajarilgan ish hajmiga qarab 20000—40000 rublni (taxminan 350—650 AQSh dollari) tashkil etishi ta’kidlangan va bu agentlikning migration.uz saytida berilgan e’londa ham ko‘rsatilgan.

    Agentlik tomonidan 2018-yil Barnauldagi tikuvchilik korxonasidan fuqarolarning ish haqi to‘g‘risidagi ma’lumotlar olinganda, ular bajargan ish miqdoriga qarab 53 ming rublgacha, o‘rtacha 35 ming rubl, yetarli ish hajmini bajarmagan fuqarolar esa 26 ming rubl atrofida ish haqi olgan.

    Hozirgi vaqtda “BTK grup” korxonasida bir yillik shartnoma muddati tugagandan keyin ham 18 nafar fuqaromiz shartnoma muddatlarini uzaytirib, ishini davom ettirmoqda va o‘rtacha 40 ming rubl (660 AQSh dollari) oylik ish haqi olmoqda.

    Xususan, agentlik orqali Barnaulga ishga yuborilgan va bugungi kunda ham mehnat faoliyatini muvaffaqiyatli davom ettirib kelayotgan fuqaro Aziz Rahmonov (Jizzax viloyati) bilan 2018-yilning 17-iyul kuni telefon orqali suhbatlashilganda, ushbu ma’lumot tasdiqlandi. Qolaversa, A. Rahmonov ishlash sharoiti yaxshiligini va qulay sharoitga ega yotoqxonada yashayotganini ta’kidlab, bu borada ko‘rsatgan yordami uchun agentlikka samimiy minnatdorchilik bildirdi.

    4. Maqolada fuqaro S. Jo‘raqulov o‘ziga nisbatan ortiqcha normalar qo‘yilgani hamda qirq ikki kun ishlagandan so‘ng, turli bahonalar bilan faqatgina 7000 rubl berilganini aytib o‘tgan. Avvalo, shuni ta’kidlash kerakki, S. Jo‘raqulov iqtisodiyot kollejini tugatgani bois, “BTK grup” korxonasida tayyorlanadigan maxsus harbiy kiyimlarni tikish bo‘yicha yetarli darajada kasb malakasiga ega bo‘lmagan va shu sabab kam ish bajargan. Yuqorida ta’kidlanganidek, ish haqi ishbay to‘langani bois S. Jo‘raqulov kam maosh olgan. Bundan tashqari, fuqaro S. Jo‘raqulov belgilangan mehnat intizomini qo‘pol ravishda buzgani uchun u bilan mehnat shartnomasi bekor qilingan.

    5. Shuningdek, maxsus ishchi komissiyasi tomonidan maqolada keltirilgan ba’zi dalillarning asossiz ekanligi ham aniqlandi. Masalan, mahallalarda va oilalarda ijtimoiy-ma’naviy muhitni o‘rganish hamda aniqlangan muammolarni bartaraf etishga ko‘maklashish bo‘yicha Namangan viloyatining Norin tumanida Respublika ishchi guruhi faoliyat olib borib, tumanda 106 ming nafar mehnatga layoqatli aholi borligi, hisobotlarda ulardan 4377 nafari ishsiz deb ko‘rsatilgani, qaysi xonadonga kirilmasin, ikki yoki uch nafar ishsizga duch kelingani qayd etilgan. Biroq keltirilgan ma’lumotlar hozirgi kunda rasmiy emas. Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining Ilmiy markazi tomonidan olib borilgan tadqiqotlarga ko‘ra, Norin tumanida mehnatga layoqatli aholi soni 90,1 ming, iqtisodiy faol aholi soni 60,7 ming, ishsizlar soni esa 6,4 mingni tashkil etmoqda (iqtisodiy faol aholiga nisbatan 10,5 foizni).

    Prezidentning 2018-yil 5-iyuldagi “O‘zbekiston Respublikasining tashqi mehnat migratsiya tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-3839-sonli Qarori bilan joylarda fuqarolarning kasb mahoratlarini baholovchi hamda xorijga ishlash uchun ketayotgan fuqarolarni kasbga va xorijiy tillarga o‘qitish bo‘yicha markazlar tashkil etilmoqda.

    Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi o‘z faoliyatiga doir konstruktiv tanqidiy ma’lumotlarni xolis qabul qiladi va kelgusida asosli tanqiddan to‘g‘ri xulosa chiqarib, mavjud muammolarni bartaraf etish choralarini ko‘rib boradi.

    Foto: Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi matbuot xizmati

    Foto: Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi matbuot xizmati

    Foto: Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi matbuot xizmati

    Foto: Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi matbuot xizmati

    Foto: Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi matbuot xizmati

    Foto: Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi matbuot xizmati
    23.07.2018, 19:44   Izoh (0)   52132
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Boyovutda yirik sanoat zonasi qurilishi boshlandi

    23.07.2018, 17:45

    Qashqadaryoda Spark haydovchisi velosipedda ketayotgan er-xotinni urib ketdi. Er-xotin hodisa joyida halok bo‘ldi

    23.07.2018, 17:32

    Jizzaxda toshkentlik mehmonga avval yordam berib, so‘ng pulini o‘g‘irlagan talonchilar qo‘lga olindi

    23.07.2018, 16:54

    Yangiyerda energiyani 90 foizgacha tejaydigan lampalar ishlab chiqarilmoqda

    23.07.2018, 16:45

    Qarshidagi dunyo me’morchiligi mo‘’jizalari qad rostlagan istirohat bog‘i (foto)

    23.07.2018, 16:32

    Sergeli avtomobil bozorini yangi joyga ko‘chirish bo‘yicha loyiha taqdim etildi

    23.07.2018, 15:35
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Parvoz — katta shahar xarakteriga ega qulay biznes-klass turar joy


    Uklonda taksi haydovchilari uchun katta tadbir o‘tkazildi!


    Silk Avia Shahrisabzga ko‘proq parvoz qiladi


    OKMK 2,3 milliard dollar kredit mablag‘larini jalb qildi va 125 million dollar moliyaviy xarajatlarni iqtisod qildi


    Mobiuz “MazzaFest”da yangi “Mazza” va “Mazza 2.0” tarif rejalarini taqdim etadi


    CHERY bilan o‘z orzungizni amalga oshiring: barcha modellar uchun boshlang‘ich to‘lov pasaytirildi! 


    InfinBANK Global Money Week 2025 da ishtirok etdi


    Coca-Cola 139 yillik ilhom, ajoyib kashfiyotlar, mashhur kampaniyalar va butun dunyo sevib qolgan ta’mni taqdim etmoqda 


    Kapitalbank 2024-yilgi Brand Awards International mukofotiga sazovor bo‘ldi


    Moliyaviy savodxonlik maktab ostonasidan boshlanadi


    Siberian Wellness — O‘zbekistonda 15 yil


    Ziffler‘dan katta taqdimot: yangi qiyofa, zamonaviy dizayn va aqlli maishiy texnikalar


    UZCARD SHERDOR premium kartasi endi MKBANKda mavjud


    Moliyaviy firibgarlik: murakkab sxemalar bo‘yicha sodda tushunchalar 


    HONOR kompaniyasi HONOR 400 Lite smartfonini taqdim etdi. Qiziq, u nimasi bilan lol qoldira oladi?

     

    Tavsiya etamiz

    “Ular o‘z vatani mustaqil bo‘lishi uchun kurashgan edi” — Turkiston legionining ayanchli tarixi

    8 may, 15:09

    Rashidov, gazli ichimliklar zavodi, Qizil maydon. 9-may — Toshkent tarixidan fotolavhalar

    7 may, 14:40

    Fazoviy poyganing boshlanishi — Gagarinning parvozi yolg‘on bo‘lganmi?

    6 may, 18:00
    Audio Icon

    “Qurolli qushchalar”. O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan dronlar haqida

    5 may, 21:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Anchelotti “Real” boshqaruvini qachon tark etishi ma’lum bo‘ldi

    Sport | 9 may, 23:38

    Superliga. “Dinamo” “Surxon”ni mag‘lub etib, turnir jadvalida kuchli uchlikka kirib oldi

    Sport | 9 may, 22:35

    AQSH byudjeti taqchilligi yil boshidan beri 196 mlrd dollarga ko‘paydi

    Dunyo | 9 may, 22:05

    Fransiyada ikki general hokimiyatni tanqid qilgani uchun ishdan olindi

    Dunyo | 9 may, 21:35

    “Liverpul” “Real”ning qaroridan norozi bo‘ldi

    Sport | 9 may, 21:12

    NATO Kiyevga tinchlik shartnomasining bir qismi sifatida a’zolikni va’da qilmaganini bildirdi

    Dunyo | 9 may, 20:35

    Superliga. Vodiy derbisida “Neftchi” ustun keldi

    Sport | 9 may, 20:21
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.