AQSh Prezidenti Donald Tramp o‘zining rossiyalik hamkasbi Vladimir Putin uchun ashaddiy dushmanga aylanishi mumkinligini ma’lum qildi, deb xabar beradi “Vedomosti”.
Tramp Putin va Rossiya bilan aloqalarning yaxshilanishi “yomon bo‘lmasligi”ni aytib o‘tgan, “biroq bu punkt ishlamasa, u Rossiya prezidentining ashaddiy dushmaniga aylanishi mumkin”.
AQSh prezidentining qayd etishicha, uning hozirgi Putinga nisbatan siyosati har qachongidan ham qat’iy hisoblanadi. Buning isboti sifatida Tramp Oq Uyning Rossiyaga qarshi sanksiyalar joriy etgani va 60 nafar diplomatning mamlakat hududidan chiqarib yuborilishini aytib o‘tgan.
Ikki davlat prezidentlarining uchrashuvi 16-iyul kuni Xelsinkida bo‘lib o‘tgan edi. Ular Ukraina, Suriya, KXDRga oid masalalarni muhokama qilgan.
Kuzda bo‘ladigan keyingi uchrashuv Vashingtonda o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Izoh (0)