AQSh prezidentining milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Jon Bolton Rossiya yetakchisi Vladimir Putinni 2018-yil kuzida Vashingtonga kelishga taklif qildi. Bu haqda Oq Uy vakili Sara Sanders o‘z Twitter’ida ma’lum qildi, deb yozadi “Vedomosti”.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Bolton taklifni Rossiya tomoniga yetkazgan.
“Prezident Tramp Jon Boltondan prezident Putinni shu yil kuzida Vashingtonga kelishga taklif etishni so‘radi. Tomonlar bu masalani muhokama qilmoqda”, — deb yozdi u.
https://twitter.com/PressSec/status/1020033303351619584
Izoh (0)