AQSh prezidenti Donald Trampning ma’lum qilishicha, Google kompaniyasini 4,34 milliard yevro jarimaga tortgan Yevropa Ittifoqi AQShdan ustun keldi, biroq bu ustunlik uzoqqa cho‘zilmaydi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.
“Men sizga aytgandim! Yevropa Ittifoqi hozirgina bizning ajoyib kompaniyalarimizdan birini besh milliard dollar jarimaga tortdi. Ular haqiqatda AQShdan ustun keldi, biroq uzoq muddatga emas”, — deb yozgan Donald Tramp o‘zining Twitter’dagi sahifasida.
Avvalroq Yevrokomissiya Google kompaniyasini monopoliyaga qarshi qoidalarni buzganlik uchun 4,34 milliard yevro jarimaga tortgan edi.
Izoh (0)